platina.uz
Jamiyat

Qoradaryoning Baliqchi tumanidan oqib oʻtuvchi qismida damba yemirildi

Qoradaryoning Baliqchi tumanidan oqib oʻtuvchi qismida damba yemirildi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani "Oqtepa" MFY hududidan oqib oʻtuvchi Qoradaryo daryosi chap qirgʻoq dambasida yemirilish sodir boʻlgani haqida xabarlar eʼlon qilindi. Holat yuzasidan Andijon viloyat hokimligi rasmiy xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi, viloyat FVB, viloyat Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Hozirda viloyat hokimining oʻrinbosari boshchiligida sel suv toshqin shtabi ishchi guruhi vakillari tomonidan ushbu holatni toʻla nazoratga olgan holda bugungi kunda 450 m³ tosh va 5000 m³ shagʻal ishlari bajarildi. 4 dona yekskavator 6 dona samosval, 4 dona boshqa turdagi ogʻir texnikalar jalb qilinib xavfdan saqlash ishlari olib borilmoqda. Yuz bergan hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid