platina.uz
Jamiyat

Hafta oxiriga qadar vodiyda “gaz zapravka”lari faoliyati tiklanishi mumkin

Hafta oxiriga qadar vodiyda “gaz zapravka”lari faoliyati tiklanishi mumkin
Hafta oxirida vodiy viloyatlaridagi AGTKShlarning bosqichma-bosqich faoliyatini tiklash choralari koʻrilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, koʻrilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining koʻtarilib borishi kutilmoqda. Shu bois mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) gaz bosimining koʻtarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilgan.
«Shuni alohida taʼkidlash kerakki, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obʼektlari (issiqlik elektr stansiyalar, shifoxonalar, maktabgacha va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari va boshqalar)ni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash zarur hisoblangani sababli AGTKShlar faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan», deyiladi xabarda.
Quvurlarda gaz bosimini bir meʼyorga keltirish va ushbu meʼyorni saqlab turish uchun AGTKShlar qisqa vaqt oraligʻida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid