platina.uz
Jamiyat

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
15 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:52 da Toshkent — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonning yangi tashkil etilgan Centrum Air aviakompaniyasi samolyoti Fargʻona xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Anʼanaga koʻra, bortida 86 yoʻlovchi boʻlgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Shuningdek, aviakompaniya Toshkent — Urganch — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi reysi ham rejalashtirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda charter reyslar 2023 yil 17 fevraldan haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Centrum Air — Oʻzbekistonning «loukoster» aviakompaniyasi boʻlib, u 2023 yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan. Bugungi kunda aviatashuvchi parkida ikkita Airbus A320 samolyoti mavjud. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yoʻlovchi borti — Boeing 737’ni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid