platina.uz
Jamiyat

Afgʻonistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilganligiga oydinlik kiritildi

Afgʻonistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilganligiga oydinlik kiritildi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov Afgʻonistonda mashhur oʻzbek shoiri Alisher Navoiy yodgorligi buzib tashlangani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. “Afgʻonistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qaygʻu bilan qabul qildik. Ushbu masala yuzasidan diplomatlarimiz Afgʻoniston vakillari bilan bogʻlandi. Ularning taʼkidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh Oʻzbekiston bilan koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori boʻlgan muvaqqat hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, nomaʼlum shaxslarning oʻzboshimchalik va oʻylamasdan qilgan harakati natijasi boʻlib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi. Afgʻoniston vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda boʻlish choralarini koʻrishini maʼlum qildilar”, deb yozgan Burxonov.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid