platina.uz
Jamiyat

6 nafar shaxs aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilindi

6 nafar shaxs aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilindi
Joriy yilning boshidan Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 6 nafar shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan aybsiz, deb topilib, reabilitatsiya qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
  • Takroran kassatsiya instansiyasining 11 yanvardagi ajrimi bilan xorazmlik Nodirbek Atadjanov;
  • apellyatsiya instansiyasining 13 yanvardagi hukmi bilan toshkentlik Shahzod Maxmudov;
  • kassatsiya instansiyasining 25 yanvardagi ajrimi bilan samarqandlik Azzam Isakov;
  • takroran kassatsiya instansiyasining 30 yanvardagi ajrimi bilan xorazmlik Sherzod Sultanov;
  • apellyatsiya instansiyasining 2 fevraldagi ajrimi bilan Toshkent viloyatidan Sherzod Bobojanov va Xayrullo Dadayev oqlanib, ularga oid jinoyat ishlari yurituvdan tugatilgan.
Oqlangan shaxslarning barchasiga mulkiy ziyonni qoplash hamda maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksining 304-313-moddalari tartibida sudga murojaat etish huquqlari tushuntirildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid