platina.uz
Jamiyat

Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi
Bosh vaziri kotibiyati rahbari va unga oʻrinbosarlar tayinlandi. Prezident farmoniga asosan: Djurabayev Abdurashid Abduvoxidovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan A.Djurabayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan: Nusratbek Davrankulovich Toychiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi. Davron Narimovich Kalandarov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasi Yuridik taʼminlash boshqarmasining boshligʻi lavozimidan ozod qilindi. Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi. Maʼlumot oʻrnida, Shuxrat Sadikov 2021 yil 3 noyabr kuni “Oʻzkomnazorat“ tomonidan Shaxsga doir maʼlumotlar subʼektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga qoʻshilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki) faoliyati cheklab qoʻyilishi ortidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod qilingan edi. Mansurbek Bazorboyevich Jumaniyazov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.J.Ramatovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi. Izzat Raxmatullayevich Tangriyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari D.A.Kuchkarovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi lavozimidan ozod qilindi. Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A.Xodjayevning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan ozod qilindi. Nodir Muxtorovich Dusmatov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z.B.Maxkamovaning kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Oila va xotin qizlar masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid