platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida 4 nafar erkak bitta ayolni zoʻrlagani aytilmoqda

Toshkent viloyatida 4 nafar erkak bitta ayolni zoʻrlagani aytilmoqda
Bosh prokurorning matbuot kotibi holati boʻyicha birlamchi maʼlumotlarni ochiqladi. Maʼlumotlarga koʻra, voqea isbotini topgan. Shuningdek, ochiqlangan maʼlumotlarga koʻra, 2022 yil 28 dekabr kuni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida yashovchi 39 yoshli ayol zoʻrlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegish) va 119-modda (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish)lar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi doirasida 4 (toʻrt) nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Boʻstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid