platina.uz
Sport

Qator milliy federatsiyalar Toshkentdagi boks chempionatini boykot qilmoqda

Qator milliy federatsiyalar Toshkentdagi boks chempionatini boykot qilmoqda
AQSh, Irlandiya, Chexiya va Buyuk Britaniya boks federatsiyalari 2023 yil mart oyida Dehlida oʻtkaziladigan ayollar oʻrtasidagi va may oyida Toshkentda oʻtkaziladigan erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatini boykot qildi. Ushbu davlatlar bokschilari chempionatda ishtirok etmaydi. Kanada ham shunday qarorga yaqin. Bunga rossiyalik va belaruslik bokschilarning oʻz bayrogʻi ostida qatnashishiga ruxsat berilishi sabab boʻlgan. Shuningdek, USA Boxing bayonotida IBA moliyaviy boshqaruvi shaffof emasligi va sanksiyalar ostidagi kompaniyalarga qaramligi ham boykotning sabablaridan biri sifatida keltirilgan. Maʼlumot uchun, erkaklar va ayollar chempionatlari Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkillashtiriladi, uning prezidenti rossiyalik Umar Kremlevdir. Rossiyaning Gazprom energetika kompaniyasi esa IBAning eng yirik homiysi hisoblanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid