platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasidagi ikki oʻtkazish punkti vaqtinchalik yopildi

Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasidagi ikki oʻtkazish punkti vaqtinchalik yopildi
15 fevral kunidan Oʻzbekiston-Qozogʻiston  chegarasidagi «Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona posti orqali fuqarolar va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi. Diplomatik kanallar orqali Qozogʻiston Respublikasidan kelib tushgan xabarga koʻra, Qozogʻiston Respublikasining «Qazigurt» («S.Najimov») va «Atameken» «Sirdaryo») oʻtkazish punktlari rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan, joriy yilning 15 fevralidan ushbu postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk koʻtarish qobiliyati 3,5 tn.gacha boʻlgan yuk avtotransport vositalari harakati rekonstruksiya davrida vaqtinchalik toʻxtatiladi. Ushbu oʻtkazish punktlari orqali faqatgina yuk koʻtarish vazni 3,5 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi. Fuqarolar ushbu oʻtkazish punktlariga muqobil sifatida ish tartibi kunu-tun boʻlgan «Gʻishtkoʻprik» va «Yallama» hamda ish tartibi kunning yorugʻ vaqtida boʻlgan «Malik» va «Oq oltin» oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid