platina.uz
Jamiyat

“Jamoatchilik xavotiriga oʻrin yoʻq” – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

“Jamoatchilik xavotiriga oʻrin yoʻq” – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʻlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʻtkazilayotgani boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi. Munosabatga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʻtkazish qayd etilgan. Ushbu hujjat loyihasi tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uz ga joylashtirilgan. Shuningdek, vazirlik ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʻlib, rasmiy kuchga ega emasligini qayd etgan. Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʻyicha eʼtiroz bildirilib, Adliya vazirligi bilan muzokaralar oʻtkazilganini bildirgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʻtkazilayotgani boʻyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʻrin yoʻq” deyiladi vazirlik munosabati soʻngida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid