platina.uz
Jahon

Islom taraqqiyoti banki Rogʻun GESni moliyalashtiradi

Islom taraqqiyoti banki Rogʻun GESni moliyalashtiradi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Islom taraqqiyot banki guruhi vitse-prezidenti Mansur Muxtor oʻrtasidagi uchrashuvda Rogʻun GES loyihasini moliyalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Zavki Zavqizoda maʼlum qildi. Maʼlum qilinishicha, Mansur Muxtorning respublikaga amaliy tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar Tojikistonga 250 million dollar ajratishga kelishib oldilar, shundan 150 million dollari qurilish ishlariga sarflanishi rejalashtirilgan. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hozirda Rogʻun GESi loyihasini toʻliq amalga oshirish uchun kamida 5 milliard dollar kerak boʻladi. Dekabr oyi oxirida mamlakat prezidenti parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida 2022 yilda Rogʻun GESi qurilishiga 3,2 milliard somoniy (315 million dollarga yaqin) mablagʻ ajratilganini taʼkidlagan edi. Oʻtgan yilgi mablagʻni hisobga olsak, 2008 yildan beri Rogʻun GESi qurilishini yakunlash uchun 40 milliard somoniydan ortiq mablagʻ sarflangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid