platina.uz
Jamiyat

Chustda gaz taʼminoti boʻlimi muhandisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Chustda gaz taʼminoti boʻlimi muhandisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Chust tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi O.S.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Maʼlum qilinishicha, u fuqaro A.N.ning xonadoniga gaz hisoblagich oʻrnatib berishi va hisoblagichsiz tabiiy gazdan foydalanganligi uchun jami 3,7 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, O.S. tomonidan ushbu pullarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid