platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatidagi maktabning poydevori choʻkib, devorlari yorilib ketdi

Toshkent viloyatidagi maktabning poydevori choʻkib, devorlari yorilib ketdi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq shahar «Doʻstlik» MFY hududida joylashgan 4-sonli maktab binosi yorilib ketgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, mazkur obʼektda shu kunga qadar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilib, qurilish-montaj ishlari sifati ustidan pudratchi, loyihachiga 2 marta yozma koʻrsatma berilgan hamda ular ijrosi taʼminlangan. Keyinroq obʼektni foydalanishga topshirish boʻyicha ishchi komissiya aʼzolari va inspeksiya tomonidan berilgan kamchiliklar pudratchi tomonidan toʻliq bartaraf etilmagani sababli hozirgi kunda ushbu foydalanishga topshirish bayonnomasi inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilmagan.
«Binoning texnik holatiga keladigan boʻlsak, uning tashqi devoridagi yoriqlar sabab tom qismidan tushayotgan yomgʻir suvlari binoning poydevor qismiga ketayotgani oqibatida poydevorda choʻkish yuzaga kelgan. Bugungi kunda yuzaga kelgan yoriqlar pudratchi tomonidan taʼmirlangan. Pudratchiga bahorgi taʼtil vaqtida qayta toʻliq taʼmirlash boʻyicha koʻrsatma ham taqdim etilgan», deyiladi munosabatda.
Qurilish obʼektida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlariga asosan 120 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilishi koʻrsatilgan boʻlib, ushbu bino qurilishi bosh rejada koʻrsatilgan hududda koʻp yillik daraxtlarni kesishning imkoni boʻlmagani sababli avval belgilangan joydan boshqa yerga koʻchirilgan. Qurilish jarayonida kiritilgan oʻzgartirishlarga buyurtmachi tomonidan 2020 yil mart oyida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid