platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda narkotik moddalar bilan shugʻullangan 4 kishiga qamoq jazosi tayinlandi

Surxondaryoda narkotik moddalar bilan shugʻullangan 4 kishiga qamoq jazosi tayinlandi
Surxondaryoda narkosavdogarlarga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi, 1989 y.t. fuqaro 2021 yilning sentabr oyida Denov tumanida tojikistonlik shaxsdan 2 kg “opiy” moddasini 14 ming AQSh dollariga sotib oladi va kelgusida uni qayta sotib, daromad topish maqsadida uyida saqlaydi. 2022 yilning iyun oyida u Termiz shahri va Termiz tumanida yashovchi, 1983 va 1986 yillarda tugʻilgan 2 nafar tanishi bilan ushbu ajal ogʻusini 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida, ular Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Shuningdek, holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida Termiz shahrida yashovchi, 1985 y.t. shaxs ham mazkur noqonuniy ishga aralashganligi aniqlandi. Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining hukmiga koʻra, ushbu 4 nafar shaxs Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga 12 yildan 14 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid