platina.uz
Jamiyat

Qoʻlga olingan jinoiy toʻda haqida qoʻshimcha maʼlumot berildi

Qoʻlga olingan jinoiy toʻda haqida qoʻshimcha maʼlumot berildi
Qibrayda «samosud» qilish bilan shugʻullangan guruh aʼzolari ushlangani haqida xabar bergandik. Bu guruh haqida qoʻshimcha maʼlumot berildi. Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyatga aloqador oʻndan ortiq shaxslar ushlangan. Jumladan, joriy yilning 22 yanvar kuni Qibray tumani hududida (Telegram-bot orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shugʻullangan)larni nomaʼlum shaxslar urib, tan jarohati yetkazgan va ushbu holatni video tasvirga olganlar. Mazkur holat yuzasidan IIBB va boshqa hamkorlikdagi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1997-2003 yilda tugʻilgan oʻndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan. Ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qoʻllangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Dastlabki tergovda aniqlanishicha, gumonlanuvchilar maʼlum moddiy manfaat evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, tan jarohati yetkazish holati aks ettirilgan video yozuvlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga yetkazib berganlar.
"Oʻtkazilayotgan tergov-surishtiruv davomida Qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi taʼminlanadi. Maʼlumotlar toʻldirib borilmoqda, batafsil axborot beriladi", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid