platina.uz
Jamiyat

Namanganda talaba oʻziga oʻt qoʻyib, joniga qasd qildi

Namanganda talaba oʻziga oʻt qoʻyib, joniga qasd qildi
Namangan muxandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 5 ta fandan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi sababli oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda Platina.uz’ga Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 2023 yil 10 fevral kuni soat Fargʻona viloyati, Beshariq tumani yashagan, Namangan muxandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 20.04.2002 yilda tugʻilgan X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan. Guruh raxbari talabaning otasiga qoʻngʻiroq qilib, oʻgʻli yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan. Oʻz navbatda ota oʻgʻliga telefon orqali tanbeh bergan. Shundan soʻng, talaba X.X. otasini bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqoʻrgʻon tumani, “Nurafshon” MFY xududidagi dala-adirlik maydoniga oʻzi bilan birgalikda benzin yonilgʻisini olib kelib, oʻzini ustidan quyib, oʻzini yoqib, oʻz joniga suiqasd qilgan. X.X.ni yonib jaroxat olganligini koʻrib qolgan fuqarolar unga yordam koʻrsatib, shifoxonaga olib kelishgan. Tibbiy maʼlumotga koʻra, X.X.ning badanida, alangadan tanasining 50 foiz qismida chuqur kuyish jaroxatlari mavjudligi koʻrsatilgan. Shifkorlar tomonidan koʻrsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13.02.2023 yil kuni shifoxonada vafot etgan. 13.02.2023 yilda Yangiqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid