Ham adib, ham davlat arbobi, ham sarkarda Bobur

Maʼmura ZOHIDOVA, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi: Eduard Xolding shunday deydi: “Bobur feʼli- sajiyasiga koʻra Yuliy Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir” yoki Indira Gandi shunday degandi: “Bobur dilbar shaxs, uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va jasur odam boʻlgan. Sanʼatni va adabiyotni sevardi, hayotdan zavqlanishni yaxshi koʻrardi”. Zahiridin Muhammad Boburning “Boburnoma”si butun dunyoda nodir asar sifatida eʼzozlanadi, qadrlanadi. Etnografiya, tarix, geografiya, musiqa va boshqa fanlarning rivojida uning alohida oʻrni bor”.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda “Boburiylar sulolasi”ga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatning eng nodir durdonalari hisoblanadi.
“Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ, Kimki ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiligʻ. Bu zamonni nafʼi qilsam ayb qilma, ey rafiq, Koʻrmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshiligʻ.
Istardimki, farzandlarimiz buyuklarimiz bilan faxrlanibgina qolmasdan, “Ular nima degan edilar?” deya har kuni 15-20 daqiqa vaqt ajratib, ularni oʻrgansa, oʻylaymanki, bu ular uchun koni foyda”. 1526 yil aprel oyida Panipatda va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan boʻlgan janglarda Boburning qoʻli baland keldi. Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil-kesil oʻrnatib, Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovroʻpa tarixchiligida mashhur boʻlgan “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan. Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari Boburning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egallaydi. < p style="text-align: right;">Abbos IMOMOV
