platina.uz
Jamiyat

Vafot etgani aytilgan oʻzbekistonlik ayol tirik boʻlib chiqdi

Vafot etgani aytilgan oʻzbekistonlik ayol tirik boʻlib chiqdi
Tarmoqlarda nomaʼlum shaxslar tomonidan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi — 1975 yilda tugʻilgan va Namangan viloyatida doimiy yashab kelgan Shoxista Niyazova zilzila oqibatida qulagan bino ichida vafot etganligi toʻgʻrisida xabar tarqatilgan edi. "Mazkur xabar asosida Bosh konsulxonamiz ushbu vatandoshimizni qidirib topishga muvaffaq boʻldi. U tirik ekanligi oydinlashdi. Konsulxona tomonidan Sh.Niyazova shifoxonaga olib borilib koʻrikdan oʻtkazildi. Unga zaruriy tibbiy muolaja koʻrsatildi, hozirda uning sogʻligʻi qoniqarli axvolda. Sh.Niyazovani qisqa muddatlarda Vatanimizga yuborish choralarini koʻrmoqdamiz", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid