platina.uz
Jamiyat

Turkiyadan yana bir oʻzbekistonlik fuqaroning jasadi yuborildi

Turkiyadan yana bir oʻzbekistonlik fuqaroning jasadi yuborildi
12 fevral kuni zilzila oqibatida Shonliurfa shahrida vafot etgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosining jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, jasad asli namanganlik 42 yoshli ayol M.B.ga tegishli. Marhumaning yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va maʼnaviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz, — deyiladi axborotda. Avvalroq ikki nafar, jumladan, 40 yoshli namanganlik, 56 yoshli andijonlik fuqaroning jasadi Oʻzbekistonga olib kelingani haqida xabar bergandik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid