platina.uz
Jahon

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 31 mingdan ortdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 31 mingdan ortdi
Turkiyada sodir boʻlgan ikki kuchli zilzila qurbonlari soni 31 643 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi. Eslatib oʻtamiz, 6 fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,7 ball va 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat boʻylab yarimga hilpiratildi. Vayronkor zilzila qoʻshni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida 3,5 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid