platina.uz
Jamiyat

Qibrayda "samosud" qilish bilan shugʻullangan guruh aʼzolari ushlandi

Qibrayda "samosud" qilish bilan shugʻullangan guruh aʼzolari ushlandi
2023 yil 22 yanvar kuni bir nechta nomaʼlum shaxslar tomonidan 1998 y.t. Sh.A. va 2003 y.t. J.X.larni urib tan jarohati yetkazganlik holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video boʻyicha aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv olib borilgan. Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlarga asosan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyatni fosh etish borasida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni 2000 y.t. M.A. hamda X.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida navbatdagi bezorilik jinoyatini amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelgan vaqtida ushlanganlar. Hozirda jinoyat ishiga aloqador boʻlgan jinoiy guruh aʼzolari hamda ularni boshqa jinoiy holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv tadbirlari hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid