platina.uz
Jamiyat

Payariqdagi shifoxonada xodimlar oʻrtasida janjal sodir boʻldi

Payariqdagi shifoxonada xodimlar oʻrtasida janjal sodir boʻldi
Tarmoqlarda Payariq tumani Chelak shifoxonasi xodimlari oʻrtasida janjal aks etgan videomaterial tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, 2 fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya boʻlimida xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan. Holat yuzasidan viloyat SSB ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A. N.ga nisbatan tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid