platina.uz
Jahon

Jahonda vabo tarqalish xavfi keskin oshmoqda

Jahonda vabo tarqalish xavfi keskin oshmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bayonotiga koʻra, 2022 yil dekabr oyi oʻrtalaridan boshlab Yer yuzida vabo bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. Xususan, shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi. Eng yomoni, ularda epidemiyadan oʻlim koʻrsatkichi sezilarli darajada yuqori. Tahlillarga koʻra, soʻnggi ikki asr davomida sayyoramizda yettita vabo pandemiyasi qayd etilgan. Ulardan yettinchisi 1961 yilda boshlangan boʻlib, hamon davom etmoqda. Garchi pandemiya oʻtgan asrning 90-yillari oxirida sezilarli darajada kamaygan boʻlsa-da, Afrika va Osiyo davlatlarida hanuz epidemiyaning yangi toʻlqinlari vujudga kelyapti. Bemorlar soni koʻpayishi va kasallik geografiyasi kengayishi, qolaversa, vaboga qarshi vaksinalar hamda boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, JSST kelgusi oylarda bu xastalikning yanada avj olishi xavfini juda yuqori, deb baholaydi. Eslatib oʻtamiz, vabo oʻtkir diareya infeksiyasi boʻlib, har yili oʻrtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan koʻz yummoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid