platina.uz
Jamiyat

Andijonda sobiq hokim yordamchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Andijonda sobiq hokim yordamchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Andijonda imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan sobiq hokim yordamchisi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda, tuman hokimining “Q.” MFY boʻyicha sobiq yordamchisi J.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, soxta hujjatlar orqali 5 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jami 119,5 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni J.T.ning rahbarligidagi MChJga oʻtkazish orqali oʻzlashtirib olganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid