platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda tuman hokimligi xodimi pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda tuman hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimligi xodimi mahalliy qurilish firmasi vakilidan noqonuniy tarzda 370 mln soʻm olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Hokimlik xodimi Yakkabogʻ tumanidagi ikkita maktabgacha taʼlim tashkilotida rejalashtirilgan 5 mlrd 250 mln soʻmlik kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyihani tenderda yutib berish evaziga ushbu summaning 7 foizini talab qilgan. Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador boʻlgan Yakkabogʻ tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi ham ushlangan. Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid