platina.uz
Jamiyat

Poytaxt da qurilgan "novostroyka"lardan birining sifatsizligi isbotini topdi

Poytaxt da qurilgan "novostroyka"lardan birining sifatsizligi isbotini topdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yangi qurilgan koʻp qavatli uyning devorlari yorilib ketgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimi Shavkatbek Irgashev boshchiligida tuman sektor rahbarlari, Qurilish vazirligi mutasaddilari ushbu manzilga bordi va fuqarolar bilan uchrashdi. Unda maʼlum qilinishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani Magʻrur koʻchasi 55B-uy manzilida joylashgan ushbu uy, xususiy uy joy sifatida «QUYuN» MChJ rahbari A.b.Zokirov va boshqalar tomonidan qurgan va fuqarolarga boʻlib - boʻlib sotilgan. Taʼkidlanishicha, 18.02.2022 yilda Mirzo Ulugʻbek tuman prokuraturasi tomonidan «QUYuN» MChJ rahbari A.b.Zokirov va boshqalarga nisbatan JKning 186-moddasi 4-qismi «a»,«b» bandlari, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishida toʻplangan hujjatlarga koʻra, A.Zakirov akasi R.Zakirov bilan Magʻrur koʻchasi, 55B-uy va boshqa manzillarda shaharsozlik normalari va qoidalarini jiddiy ravishda buzgan holda 3 qavatdan iborat boʻlgan sifatsiz uylarni qurib, aldov yoʻli bilan fuqarolarga sotgan. Yuqoridagi holatlar boʻyicha sud hukmi bilan A.Zakirovga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Akasi R.Zakirov tergovdan yashiringanligi sababli unga qidiruv eʼlon qilingan. "Fuqarolarga toʻlanadigan kompensatsiya masalasi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida koʻrilayotganini maʼlum qilamiz", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid