platina.uz
Jamiyat

Ertaga Oʻzbekistonda harorat 12 darajagacha isiydi

Ertaga Oʻzbekistonda harorat 12 darajagacha isiydi
Oʻzbekistonda 13 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi. Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi esa 5-7 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja iliq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 4-9 daraja iliq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatining baʼzi joylarida bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 7-12 daraja iliq boʻladi. Respublikaning togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Shuningdek, qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid