platina.uz
Jamiyat

Vodiy viloyatlarida gaz zapravkalar yopilmaydi — Energetika vazirligi

Vodiy viloyatlarida gaz zapravkalar yopilmaydi — Energetika vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi» mazmunida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Energetika vazirligi izoh berdi. «Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini maʼlum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini soʻraymiz. Respublika boʻyicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKShlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid