platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 11 mingdan ortiq obʼektlar belgilangan normalarga toʻgʻri kelmagan holda qurilgan

Oʻzbekistonda 11 mingdan ortiq obʼektlar belgilangan normalarga toʻgʻri kelmagan holda qurilgan

Respublika hududlari seysmik ball koʻrsatkichlari boʻyicha zonalarga boʻlingan boʻlib, obʼektlarni joylashtirishda mazkur seysmik ball koʻrsatkichlari inobatga olinadi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov xabar berdi.

"Obʼektni loyihalashtirishdan oldin u joylashgan yer maydoni boʻyicha topografik tasvir va geologik tadqiqot amalga oshiriladi. Grunt tarkibi va xususiyatlari, sizot suvlar sathi va shu kabi boshqa masalalar ham oʻrganiladi. Ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda, obʼektni joylashtirish, uning qavatlar soni, fundamenti, konstruksiyalari va gabarit parametrlari boʻyicha loyiha yechimlari tanlanadi. Mazkur jarayonlardan keyin obʼektlar boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi. Soʻngra vakolatli ekspert tashkilotlari tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda ham seysmik xavfsizlik va mustahkamlik masalalari boʻyicha alohida koʻrib chiqiladi. Ijobiy ekspertiza xulosalari olingach, qurilish ishlarini boshlashga ruxsat beriladi", - deydi Saidnosir Usmonov.
Shuningdek, oʻtgan yili arxitektura yoʻnalishi boʻyicha olib borgan tekshiruvlari natijasida 6102 ta noqonuniy qurilishlar aniqlangan. Qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan foydalanishga ruxsat berish boʻyicha 16 576 ta murojaatlar kelib tushgan. Bunda 11 162 ta obʼektlarning qurilish ishlari, belgilangan normalarga toʻgʻri kelmasligi bois qatʼiy rad etilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid