platina.uz
Jamiyat

DXX 11,4 kg "opiy" va "gashish" moddalarini saqlab kelgan shaxslarni qoʻlga oldi

DXX 11,4 kg "opiy" va "gashish" moddalarini saqlab kelgan shaxslarni qoʻlga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari bilan bogʻliq holatlarni aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, 1983 y.t. fuqaro Urgut tumaniga borib, 1992 y.t. tanishidan 1 kg 916 gr. “opiy” moddasini olib, oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Neksiya 2” rusumli avtomashinada doimiy yashash manziliga qaytib ketayotgan vaqtida Bulungʻur tumanida ushlandi hamda undan giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga ajal ogʻusini bergan fuqaroning Urgut tumanidagi yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgan 7 kg 331 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXX Navoiy va Jizzax viloyatlari boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan bojxona hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Gʻallaorol tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro 469 gr. “opiy” moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlanib, jazo muddatini oʻtagan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida u ajal ogʻusini Urgut tumanida yashovchi, 1989 y.t. fuqarodan 5 ming AQSh dollariga sotib olganligi aniqlanib, u ham qoʻlga olindi.

 Toshkent viloyatida kuzatilgan holatda Namangan shahrida yashovchi, 1982 y.t. ayol Bekobod shahrida hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 1 kg 696 gr. “gashish” moddasini Namangan viloyatiga yetkazib berish uchun olib, Ohangaron shahrida Fargʻona vodiysiga qatnaydigan avtomashinalar turargohiga borayotgan vaqtida DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Aniqlanishicha, narkotik moddani Namangan viloyatining Pop tumaniga olib borib, kerakli joyda qoldirib ketishi uchun ayolga 200 AQSh dollari berilgan.

 Taʼkidlash lozimki, barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatimizga Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid