platina.uz
Jahon

Turkiyada 90 soat vayronalar ostida qolgan 10 kunlik chaqaloq qutqarildi

Turkiyada 90 soat vayronalar ostida qolgan 10 kunlik chaqaloq qutqarildi
Turkiyada 10 kunlik chaqaloq va uning onasi vayronalar ostidan olib chiqildi. Bu haqda “Haberturk” xabar berdi. Maʼlum qilishinicha, zilzilalardan eng koʻp jabr koʻrgan Hatay viloyatida Yagʻiz Ulash ismli 10 kunlik chaqaloq va uning onasi qutqarib olingan. Ular vayronalar ostida 90 soatdan ortiq vaqt qolib ketgan. Eslatib oʻtamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,8 ball va  – 7,6 ball magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda 11 davlatdan kelgan, jumladan, Oʻzbekistondan kelgan qutqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid