platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning bosh “farmatsevti” Sardor Kariyev qamoqqa olindi

Oʻzbekistonning bosh “farmatsevti” Sardor Kariyev qamoqqa olindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda oʻtkazilgan oʻrganish yakunlariga koʻra aniqlangan juda koʻp miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda byudjet mablagʻlarining sarf qilinishida belgilangan talablarning qoʻpol ravishda buzilganlik holatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojoʻya taʼsiri sababli “oʻtkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan. Xususan, toʻplangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador boʻlgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish boʻyicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini Oʻzbekistonga import qilib, isteʼmolga chiqarilishiga ruxsat bergan masʼullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid