platina.uz
Jahon

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 12 ming kishidan oshdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 12 ming kishidan oshdi
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 12 mingdan oshdi, jarohatlanganlar soni 63 mingga yaqin. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi. «Jami 12 391 kishi halok boʻldi, 62 914 kishi jarohat oldi», — deyiladi agentlik Turkiya Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish departamenti maʼlumotlariga tayanib. Bir kun avval Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 8574 kishi halok boʻlgani, 49133 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi. Unga koʻra, 6444 ta bino vayron boʻlgan. CNN Suriyadagi zilzila oqibatida 2992 kishi halok boʻlganini daʼvo qilmoqda. Eslatib oʻtamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7,7 magnitudali zilzila sodir boʻldi, undan keyin esa 7,6 magnitudali zilzila sodir boʻlgani qayd etildi. Turkiya va qoʻshni Suriyada katta talofat va qurbonlar keltirdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid