platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan Oʻzbekiston maxsus borti Turkiyaning Gaziyantep shahriga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan Oʻzbekiston maxsus borti Turkiyaning Gaziyantep shahriga yetib bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston maxsus borti Turkiyada halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish maqsadida Gaziyantep shahriga yetib keldi. Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qoʻshimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi. Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʻqqizta alohida boʻlinmadan iborat koʻchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu dala shifoxonasi Oʻzbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid