OTB Oʻzbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun150 mln dollar kredit ajratdi

"Oʻzbekiston yanada ochiq va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishga yordam beradigan islohotlarga qatʼiy sodiqligini namoyish etdi", – dedi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻyicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov. “OTB mamlakatga makroiqtisodiy barqarorlikni, inklyuziv va barqaror oʻsishni taʼminlagan holda ushbu maqsadga erishishda yordam berishda davom etadi”.Birinchi kichik dastur doirasidagi islohotlar fiskal xavf va davlat qarzini boshqarishni kuchaytirish, gender jihatlarni va yashil byudjetni inobatga olgan holda byudjetni tuzish orqali davlat resurslarini taqsimlashni yaxshilash hamda axborot texnologiyalariga asoslangan soliq boshqaruvi orqali ichki resurslarni safarbar qilishni yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, ular ijtimoiy himoya qamrovini kengaytiradi va korrupsiyaga qarshi kurash va audit tizimlari samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, dastur Oʻzbekistonning "yashil" iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Aniq milliy reja Hukumatga Parij kelishuvi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga, infratuzilmani modernizatsiya qilishga va ishchi kuchini "yashil" ish oʻrinlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarga oʻrgatishga yordam beradi.
“Davlat sektori investitsiyalari uchun fiskal maydon yaratish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish va Oʻzbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish uchun davlat korxonalarining moliyaviy shaffofligini oshirish, korporativ va professional boshqaruvini takomillashtirish va monopoliyaga qarshi kurash tizimlarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi OTBning Davlat boshqaruvi boʻyicha bosh iqtisodchisi Chidem Akin.Shuningdek, 400 ming AQSh dollari miqdoridagi texnik koʻmak granti islohotlarni amalga oshirishga yordam beradi.
