platina.uz
Jamiyat

Jismoniy tarbiya universiteti va uning Fargʻona filialida qonun buzilish holatlari aniqlandi

Jismoniy tarbiya universiteti va uning Fargʻona filialida qonun buzilish holatlari aniqlandi
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyati oʻrganilganida unda bir qator xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Oliygohga oʻqishga qabul qilishda qonunchilik talablari buzilib, qabul jarayonlarining shaffofligi taʼminlanmagan. Jumladan:
  • ijodiy imtihonlarni oʻtkazish uchun 10 ta yoʻnalish boʻyicha 3 kishidan kam boʻlmagan tarkibda komissiya shakllantirilmagan;
  • 21 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilgan ijodiy imtihonlarda aynan bir shaxs bir vaqtda komissiyalarga raislik qilgan;
  • 24 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 189 nafar abituriyentning imtihon natijalari bayonnomalarda haqqoniy aks ettirilmagan;
  • 26 nafar abituriyentning ijodiy imtihon natijalari bayonnomalarda koʻrsatilmasdan, asossiz baholangan;
  • ot sporti, xokkey, figurali uchish, togʻ changʻisi boʻyicha sport inshootlari mavjud boʻlmasada, 500 nafardan ortiq abituriyent shu yoʻnalishlarga oʻqishga qabul qilingan;
  • 90 nafar abituriyentning ijodiy imtihon ballari oshirib qoʻyilib, talabalikka qabul qilingan.
Buning oqibatda, ijodiy imtihonlardan eng yuqori ball toʻplab, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan 30 nafar talaba 1-semestr yakuni boʻyicha qoniqarsiz baho olgan. Huddi shu kabi qonun buzilish holatlari Universitetning Fargʻona filialida ham yoʻl qilgani aniqlangan. Shuningdek, Universitetda oʻqishga qabul kvotalari ham sunʼiy ravishda oshirilib, 3 160 oʻrinli universitetga 13 634 nafar yoki sigʻimga nisbatan 4,5 baravar koʻp talabalar qabul qilingan. Soʻnggi 2 yilda talaba va oʻqituvchilar tomonidan jami 6 ta korrupsiyaviy va 23 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan. Tekshirish davomida oʻtkazilgan tadbirda talabalar D.I. va J.S.lar fuqaro Gʻ.M.ni oʻqishga kiritish uchun undan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Bundan tashqari, 587 nafar oʻqituvchi va xodimlariga 1,2 mlrd. soʻm ragʻbatlantirish pullari hamda oʻtilmagan dars soatlari uchun 172 mln. soʻm mablagʻ noqonuniy toʻlanib, talon - toroj qilingan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid