platina.uz
Jamiyat

18 ming oʻrinli yotoqxona qurilishi vaʼda qilinyapti

18 ming oʻrinli yotoqxona qurilishi vaʼda qilinyapti
2023 yil davlat dasturi loyihasiga koʻra, yil yakuniga qadar oliy taʼlim muassasalarida 18 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish, ushbu loyihalar doirasida qurilayotgan talabalar turar joylarini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Bu oʻquv yilida talabalar yotoqxonasi har yilgidan-da shov-shuvliroq va muammoliroq boʻldi. Yotoqxona yetishmasligi natijasida talabalar poytaxt boʻylab sarson boʻlishdi, uy topolmay, koʻchalarda, mashinalarda tunab qolishdi. 2023 yil fevral-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari talabalar turar joylarini qurish uchun yer maydonlarini ajratadi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliygoh va byudjet mablagʻlari hamda investitsiya dasturi doirasida talabalar turar joylarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtiriladi. Shuningdek, endi talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashtirish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmat ham joriy etiladi. Bu xizmatni ishga tushirish uchun berilgan muddat — 2023 yil may. Bunda:
  • yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid