platina.uz
Jahon

Zilziladan jabr koʻrgan oilalarning har biriga davlatdan 10 ming liradan yordam koʻrsatiladi –  Rajab Toyyib Erdoʻgʻon

Zilziladan jabr koʻrgan oilalarning har biriga davlatdan 10 ming liradan yordam koʻrsatiladi –  Rajab Toyyib Erdoʻgʻon
Turkiyaning oʻn viloyatida sodir boʻlgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat barcha vositalar va imkoniyatlarni ishga soldi. Bu haqda Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon zilzila epitsentri boʻlgan Qahramonmanrash shahriga bugungi tashrifi davomida maʼlum qildi. Turkiya rahbarining soʻzlariga koʻra, yer silkinishi epitsentri boʻlgan Qahramanmarash viloyatida sodir boʻlgan ikki zilzila qurbonlari soni, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 8574 kishiga yetgan, yana 49133 kishi jarohat olgan. 6444 ta turar-joy binosi vayron boʻlgan. Turkiya prezidenti epitsentri Qahramanmarashda boʻlgan ikki zilziladan jabr koʻrgan oilalarning har biriga davlatdan 10 ming liradan yordam koʻrsatilishini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, tabiiy ofat zonasi aholisi, agar xohlasa, Antaliya, Alaniya va Mersindagi mehmonxonalarda qolishi mumkin. Prezident zilziladan jabr koʻrgan 10 ta viloyat aholisini boshqa ofatlar hududida boʻlgani kabi bir yil ichida ham yangi kvartiralar bilan taʼminlashni maqsad qilganini aytdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid