Turkmaniston Oʻzbekistonga bepul bergan suyultirilgan gaz nima maqsadda ishlatilishi maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, Turkmaniston tomonidan taqdim etilgan suyultirilgan gaz yaqin kunlarda ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatiladi.Shuningdek, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda “Turkmaniston gaz konida nosozlik sababli yanvar oyining maʼlum kunlarida yetkazib berilmagan gaz uchun Oʻzbekiston tomoni Turkmanistondan katta miqdorda kompensatsiya puli talab qilgan” mazmunida tarqalgan xabarga ham munosabat bildirdi. Unda Energetika vazirligi ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligi va mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilgan. Fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni soʻragan. Shu oʻrinda yana bir muhim maʼlumot: Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi hamda yaqin qardoshlik rishtalaridan kelib chiqib, oʻzaro hurmat belgisi sifatida ikki mamlakat oʻrtasida doʻstona yordam almashildi. Turkmanistondan yurtimizga suyultirilgan gaz partiyasi yetkazgan oʻlsa, Oʻzbekiston ham qoʻshni davlatga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinalari joʻnatdi. Eslatib oʻtamiz: Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedovning doʻstona va birodarlik bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga bepul oʻtkazish boʻyicha imzolagan farmoni doirasida ushbu jarayon amalga oshirilgan.
