platina.uz
Jahon

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 6234 nafarga yetdi

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 6234 nafarga yetdi
Mamlakatning 37 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) 8 fevral 06.15 holatiga koʻra maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida sodir boʻlgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 6234 kishiga yetdi, 37011 kishi jarohat olgani maʼlum qilindi. AFAD maʼlumotlariga koʻra, silkinishlar Turkiyaning Qahramanmarash, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Adana, Adiyaman, Usmoniya, Hatay, Kilis, Malatya va Elazig viloyatlarida qurbonlar va vayronalarga sabab boʻlgan. [caption id="attachment_6554" align="alignnone" width="1120"] OHAL ilan edilen bölgelerde kamu kurumları ile tüzel ve gerçek kişiler, kendilerinden istenecek veya yükümlülük konulacak arazi, arsa, bina, tesis, araç, gereç, yiyecek, ilaç ve tıbbi malzeme ile giyecek ve diğer maddeleri vermek zorunda olacak. ( Aylin Dal - Anadolu Ajansı )[/caption] Tabiiy ofat hududida vayron boʻlgan uylar aholisi uchun 50 818 ta chodir oʻrnatildi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga 79 110 kishi jalb etilgan. Yuklarni yetkazib berish va qutqaruvchilar, shuningdek, jabrlanganlarni tashish uchun 104 ta aviatsiya texnikasi jalb etilgan. Eslatib oʻtamiz: 6 fevral, dushanba kuni ikki davlat – Turkiyaning janubi-sharqi va Suriyada (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida ham 1,7 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid