Metrodagi tirbandlikning sabablari ochiqlandi, yechimi ham

https://youtu.be/j8yzZRSuPMk Ayni shu statistika bugungi kundagi metro yoʻnalishlarida kuzatilgan tirbandlikning birinchi sababi, deyish mumkin. Shunday ekan, bu kabi tirbandliklarning oldini olish uchun masʼullar tomonidan qanday yechimlar koʻrib chiqilyapti?” Masʼullar nima deydi, yoʻlovchilar qanday fikrda? “Toshkent metropoliteni”DUK matbuot xizmati rahbari Toʻychi MIRZAYeVning izoh berishicha, metrodan foydalanuvchilar soni ilgarigi davr bilan solishtirganda ortgani sababli tigʻiz vaqtlarda belgilangan vaqt intervallari qisqartirilgan. Boshqa paytlarda yoʻlovchilar oqimini inobatga olgan holda harakat davom etadi. Shuningdek, qaysidir bekatda yoʻlovchilar metrodan foydalanish koʻrsatkichi koʻp boʻlsa, oʻsha liniyaga avtomatlashgan tizim orqali qoʻshimcha poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bugungi kun holatiga koʻra, Markaziy Osiyoda yagona sanalgan, 1977 yilda ish boshlagan, umumiy uzunligi qariyb 60 km.ni tashkil etuvchi Toshkent metropolitenida tirbandliklarni bartaraf qilish borasida metro vagonlari soni 4 tadan 5 taga koʻpaytirilgan. Bu orqali ilgari bir vaqtning oʻzida 1 000 nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, endilikda bu koʻrsatgich 1 200 – 1 250 nafarni tashkil etmoqda. Qolaversa, joriy yildan boshlab metro stansiyalari yaqinida joylashgan 31 ta OTM larida ertalabki dars boshlanish rejimi oʻzgartirildi. Misol uchun ilgari dars jarayonlari 08:30 da boshlangan boʻlsa, endilikda bu vaqt 08:30, 09:00, 09:30 qilib belgilandi. Bu ham oʻz-oʻzidan metrolardagi tirbandliklarning oldini olishiga xizmat qiladi. Metropoliten foydalanuvchilari uchun yana bir yangilik. Joriy yildan boshlab yana 14 ta 4 vagonli harakat tarkibini Rossiya federatsiyasidan poytaxtimizga olib kelish rejalashtirilgan. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shu oʻrinda savol tugʻilishi mumkin: “Ilgari sodir boʻlgan turli texnik nosozliklar poyezdlar soni koʻpayganida yoki harakat vaqtlari qisqarganida yana sodir boʻlmaydimi?”
Toʻychi MIRZAYeV, “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati rahbari:
– Oʻtgan yil davomida bir nechta texnik nosozlik holatlari kuzatildi. Bu sir emas, hattoki ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi. “Toshkent metropoliteni”ning ijtimoiy tarmoqlarida ham bu xususida rasmiy munosabat bildirildi. Shundan soʻng metroning barcha xodimlari shu singari jarayonlarga yanada sergak qarashlari nazoratga olindi. Qolaversa, texnik koʻriklar ham yanada kuchaytirildi. Shu bilan bir qatorda metrodan foydalanuvchi yurtdoshlarimizdan harakat davomida oʻzaro hurmatni saqlashlari va metrodan tushayotgan yoʻlovchilarga avval yoʻl berib, keyin vagonlarga chiqishlari hamda vagon eshiklariga suyanmasliklarini soʻrab qolgan boʻlardik. Sabohat IBODOVA, metro navbatchisi:
– 20 yildan beri metropolitenda faoliyat yuritaman. Men metro foydalanuvchilaridan tartib-intizomga va tozalikka qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlardim.
Yoʻlovchilar fikricha, ayrim OTMlarda talabalarning oʻqish soatlari oʻzgartirilgani va intervallar qisqartirilgani kabi choralar sabab metropoliten harakatlanishida haqiqatan ham anchagina oʻzgarishlar bor, ammo tirbandliklar yoʻq emas.
Maʼlumot oʻrnida: Masʼulning bizga maʼlum qilishicha, joriy yil davomida “Qoʻyliq 7” va “Sergeli 5” bekatlari tutashtirilishi reja qilingan. Bu orqali 7 ta yerusti metro stansiyasi foydalanishga topshiriladi va mavjud stansiyalar soni 50 taga yetadi. MDH mamlakatlari orasida hozirda 4-oʻrinda turuvchi Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 2023 yil yakuniga qadar 70 km.dan ortadi hamda Moskva va Sankt-Peterburg metropolitenlaridan keyin 3-oʻrinni egallaydi.
< p style="text-align: right;">Abbos IMOMOV
