platina.uz
Jamiyat

Kamoliddin Rabbimov: “Suriya xalqiga ham yordam berish choralarini topishsa, yanada yaxshi boʻlardi”

Kamoliddin Rabbimov: “Suriya xalqiga ham yordam berish choralarini topishsa, yanada yaxshi boʻlardi”
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzilalarga oid muhim taklif bilan chiqdi.
Maʼlumotlarga koʻra, zilzila qurbonlari soni 8 mingga yaqin, omon qolganlarni topishga umid kamaymoqda. Turkiya va Suriyadagi zilzilaning oqibatlari koʻpchilik oʻylagandan koʻra kattaroq va fojialiroq ekani maʼlum boʻlyapti. Turkiyaning oʻzida vafot etganlar soni, kechagi maʼlumotlarga koʻra besh ming atrofida ekan. Lekin, hali aksariyat buzilgan uylarning ostidagi odamlar chiqarilgani yoʻq, shuning uchun ular tiriklar yoki vafot etganlar safiga qoʻshilmagan. Euronews’ning aytishicha, vafot etganlar soni sakkiz baravar koʻp boʻlishi mumkin ekan. Qiyoslash uchun, 1966 yilda Toshkentdagi juda koʻplab uylarning buzilishiga sabab boʻlgan zilzilaning kuchi 5.2 bal boʻlgan ekan. Maʼlumotlarga koʻra, oʻshanda sakkiz inson vafot etgan, yuzlab odamlar jarohatlangan. Turkiyadagi zilzila esa 7.2-7.8 balni tashkil qilgan, yer bir necha marta takroriy qimirlagan. Mana shu fojia fonida, koʻplab davlatlar qatori, Oʻzbekiston ham yuzdan ortiq qutqaruvchini, besh-oltita kinologdan iborat guruhni yuborgani – biroz boʻlsa-da taskin beradi. Oʻzbekistonning, turkiy davlatlarning yordami, boshqalarnikidan koʻp boʻlsa boʻlishi kerak, lekin kam emas. Imkon topib, Suriya xalqiga ham yordam berish choralarini topishsa, yanada yaxshi boʻlardi. Balki, Suriyaga ham yordam berilayotgandir, men bexabardirman...deb yozgan u oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid