platina.uz
Jahon

Dunyodagi 10 ta eng talafotli zilzilalar

Dunyodagi 10 ta eng talafotli zilzilalar
Yuksalish harakati dunyodagi 10 ta eng talafotli zilzilalar haqidagi maʼlumotni jamladi. Maʼlumotlarga koʻra, har yili dunyo boʻylab seysmik tebranish uskunalari yordamida milliondan ortiq zilzilalar qayd etiladi. Ularning 100 mingga yaqini seziladi, 100 ga yaqini talafotli boʻladi. Kuchli zilzilalardan biri 6 fevral, dushanbaga oʻtar kechasi Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep shahri yaqinida yuz berdi. 7,8 magnitudali zilziladan bir necha soat oʻtib, 7,5 magnitudali yangi silkinish kuzatildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni qariyb oʻn ming kishiga yetdi: Turkiyada — 7 mingdan ortiq, unga qoʻshni Suriyada — 2,5 mingga yaqin kishi halok boʻldi. Raqamlar yana oʻsishi mumkin, vayronalar ostidan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid