platina.uz
Jamiyat

2023 yilda poytaxtda energiyaga boʻlgan talab 4 baravar ortigʻi bilan taʼminlanishi kutilyapti

2023 yilda poytaxtda energiyaga boʻlgan talab 4 baravar ortigʻi bilan taʼminlanishi kutilyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazmoqda. Yigʻilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani taʼkidlanib, energetika masalalarini toʻliq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.
Avvalambor, qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur. Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini oʻrnatish mumkin. Bu ishlar bilan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obʼektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olinadi. Bu choralar koʻrilsa, hisob-kitoblarga koʻra, 2023 yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortigʻi bilan, yaʼni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda taʼminlash imkoniyati paydo boʻladi, – dedi Prezident.
Eslatib oʻtamiz: bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri yerusti metrosini qurish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, transformatorlar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Masʼullar va jamoatchilik vakillari ishtirokida dolzarb masalalarni muhokama qilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid