platina.uz
Sport

Yosh kurashchilarimiz zilzila oʻchogʻidan olib chiqildi

Yosh kurashchilarimiz zilzila oʻchogʻidan olib chiqildi
Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi koʻmagi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yoʻl olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi. Xabar berganimizdek, kecha Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev hamyurtlarimizni mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga joʻnab ketgan edi. Bugun u delegatsiyamizga qoʻshilib, sportchi va murabbiylarimizning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid