platina.uz
Jamiyat

Turkiyadagi zilzila joyidan ikki oʻzbekistonlik topildi

Turkiyadagi zilzila joyidan ikki oʻzbekistonlik topildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi. 2023 yil 7 fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vagot etgan, 15 nafar vatandoshlarimiz qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa oʻrnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda. Shuningdek, 17 nafar vatandoshlarimizni (bulardan 13 tasi sportchilar) zilzila sodir boʻlgan hududdan Istanbulga kelishlariga yordam koʻrsatildi. Qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid