Sogʻliqni saqlash vazirining ikki “tili“: birida korrupsiyaga qarshi kurashadi, ikkinchisi bilan esa...

MAʼLUMOT UChUN: Kakistokratiya yunoncha soʻzdan olingan boʻlib, eng yomon, eng past malakali yoki eng vijdonsiz fuqarolar tomonidan boshqariladigan boshqaruv tizimi degan maʼnoni anglatadi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi esa vazirning bu gaplarini keskin qoralab chiqdi. Agentlikka koʻra, bu gaplar tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortishiga, shifokor kasbi obroʻsi pasayishiga, sogʻliqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab boʻladi. Agentlik Sogʻliqni saqlash vazirligining asosiy maqsadi shifokorlarni ragʻbatlantirishda bemorlardan pul olish singari (ixtiyoriy yoki ixtiyoriy emasligidan qatʼi nazar) noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etish va haq toʻlashning toifalangan mexanizmini joriy etish boʻlishi kerakligini bildirdi. Avvalroq xabar berganimizdek, Statistika agentligi 2022 yil uchun koʻrsatkichlarni sarhisob qilganda mamlakatdagi eng past oʻrtacha oylik aynan tibbiyot va taʼlim sohasiga toʻgʻri kelgan edi. Bundan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyev ham aynan shu sohalarni oʻnglash masalasini birinchi oʻringa qoʻygandi. Dunyoda qanday? Korrupsiya hamma joyda bor, deyishingiz mumkin. Lekin siz bilan biz aytayotgan va oʻylayotgan "hamma joy" asosan sobiq ittifoq davlatlari sirasiga kiradi. Aynan shu mamlakatlarda tibbiyotda oylik eng kam va poraxoʻrlik urchigan. Xuddi Oʻzbekistondagidek. Vazir ham buni ochiq aytdi, yashirib oʻtirmadi. Shifokorlar uchun eng katta oylik maosh Avstraliyada: 22,5 ming dollar. Undan keyin AQSh (17 ming) va Gonkong (14,5 ming) turibdi. Kanada (12 ming), Singapur (11 ming) va Yangi Zelandiya (10 ming) kuchli oltilikni yakunlaydi. Osiyodan Janubiy Koreyada 9 ming, Yaponiyada 8,5 ming, Qatar va Saudiya Arabistonida 5 ming dollardan belgilangan. Qardoshlarimiz Turkiya va agressor Rossiyada 1,2 mingdan, Xitoyda 1,1 ming dollar oylik beriladi. Reyting oxirida kutilganidek Oʻzbekiston turibdi. Oʻqituvchi va shifokorlar oyligini oshirish haqida 5 yildan beri gapiriladi. Ammo shu vaqt ichida vazirlar bir necha marta almashdiyu, maosh oshmayapti. Oʻzi oylik oshishiga umid qilish mumkinmi? Vazir Inoyatov tibbiyot xodimlari pora olishiga norasmiy ruxsat berib qoʻydi. Endi korrupsiyani yoʻqotish haqidagi har qanday gap kulgili, ishonarsiz va ayanchli chiqishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz: sal avvalroq Namanganda Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov bilan uchrashuvda aholi tizimning bir guruh mansabdorlariga oid korrupsiyaning hidi kelayotgan maʼlumotlarni ochiqlagandi. Vazir esa bu maʼlumotlarga javoban “Vallomati boʻlsa ham ishdan ketadi” deya munosabat bildirgan.
ZAHIRIDDIN
