platina.uz
Jamiyat

Oʻzgidromet aholiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Oʻzgidromet aholiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati tezkor axborotni eʼlon qildi. 2023 yilning 8-9-fevral kunlari A-373 Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, joriy yil 8-13 fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon togʻlarida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻralgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid