platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondagi barcha aholi punktlarida harakat tezligi 60 km/soatga tushiriladi

Oʻzbekistondagi barcha aholi punktlarida harakat tezligi 60 km/soatga tushiriladi
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” gʻoyasi asosida isloh qilish maqsadida 2023 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilish taklif qilinmoqda. Yoʻl-transport hodisalari yiliga 4 mingga yaqin oʻlim holatlari bilan yakunlanadi. Tahlillarga koʻra, tezlikni 10 kilometr soatga tushirish oʻlim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi. Masalan, Toshkent shahrida 2022 yilda 1200 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan, bu 2021 yildagi holatlardan (1073) qariyb 130 taga koʻp. Ushbu davrda yoʻl-transport hodisalari oqibatida halok boʻlganlar soni 136 nafarini tashkil etadi. 2023 yil 1 sentabrdan boshlab transport vositasining mulkdoriga transport vositasini boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni taqdim etgan holda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boshqarish huquqi oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi berilsin. Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etilishi belgilansin. Mazkur mexanizmlar jazo muqarrarligi tamoyilini roʻyobga chiqarish hamda transport vositasi boshqaruvi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklarni maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etishda ball tizimi joriy etilishi munosabati bilan kiritilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid