platina.uz
Jamiyat

Davlat dasturi loyihasi: oʻz vaqtida olinmagan pensiyalarni toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi

Davlat dasturi loyihasi:  oʻz vaqtida olinmagan pensiyalarni toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi
Joriy yilning 6 fevralidan boshlab 17 fevraliga qadar jamoatchilik muhokamasiga havola etilgan  Davlat dasturi loyihasida pensionerlar uchun ham muhim yangilik oʻrin olgan. Yaʼni 2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan. Maʼlum qilinishicha, natijada 2,4 ming nafardan ortiq fuqaroga 21,7 mlrd soʻm miqdordagi pensiya toʻlab berilishi imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, nogironlikni belgilashda fuqarolarga qoʻshimcha yengilliklar yaratish maqsadida 2023 yil 1 martdan boshlab nogironlik idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida fuqarolar kasalligining ogʻirligi va uning asoratlaridan kelib chiqib ularning ishtirokisiz belgilanadi. Natijada yillik 27 ming nafar fuqaro (25 foiz) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormaydi va ularga nogironlik sirtdan belgilanadi. Nogironlikni belgilashda davolash muassasalaridan kasallik tarixi koʻchirmalari elektron qabul qilinadi (Toshkent shahrida aprobatsiyadan oʻtkazilgan) hamda ushbu maʼlumotlar asosida nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid